20:55 / 03.12.2015
2096

Nokia 4 dekabrda 2,8 mlrd yevroga HERE xizmatini sotish bo‘yicha bitimni yopishi mumkin

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi 4 dekabrda nemis avtomobilsozlari konsorsiumiga HERE kartografik xizmatini sotish bo‘yicha bitimni yopishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya xabarida aytilmoqda.

Avgust oyidayoq sotish bo‘yicha tuzilgan shartnoma miqdori 2,8 mlrd yevroni tashkil qiladi.

Ushbu xizmatni sotib olayotgan kompaniyalar guruhi Audi AG, BMW Group va Daimler AG kompaniyalarini o‘z ichiga oladi.

Nokia rahbari Rajiv Surining aytishicha, kompaniya shu tariqa “qayta shakllanishining oxirgi bosqichini yakunlaydi”. Uning ta'kidlashicha, Nokia hozirda Fransiyaning Alcatel-Lucent kompaniyasi bilan birlashishga e'tiborini qaratadi. Birlashish bo‘yicha ushbu bitim 15,6 mlrd yevroni tashkil qiladi.

2015 yilning 1-yarim yilligida HERE xizmati Nokia’ga 28 mln dollar operatsion daromad keltirgan bir vaqtda, butun 2014 yil davomida 1,4 mlrd yevrolik zarar keltirgan.

Top