10:40 / 03.12.2015
8734

OAV: Britaniya IShID marralariga ilk aviazarbalarni berdi

Britaniya Suriyadagi IShID terroristik guruhi marralari bo‘ylab dastlabki aviazarbalarini yo‘naltirdi. Bu haqda Reuters agentligi qirollik hukumatidagi axborot manbasi ma'lumotiga asoslangan holda xabar berdi.

“Aviazarba Suriya hududida berildi. Qiruvchi bazaga qaytib keldi”, - dedi agentlik axborot manbasi.
VVS muxbiri esa bundan bir necha daqiqa muqaddam IShID jangarilari bo‘ylab zarbalar berish uchun havoga ko‘tarilgan Britaniyaning to‘rtta Tornado samolyotidan ikkitachsi jangovar jamlanmalarsiz Kiprdagi "Akrotiri" aviabazasiga qaytib kelgani haqida xabar qilgan edi.
Operatsiya tafsilotlari ma'lum qilingani yo‘q.

Top