09:01 / 03.12.2015
2928

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida elektron hukumat bo‘yicha yana bir hujjat imzolandi

2015 yilning 1 dekabr kuni “Elektron hukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda Janubiy Koreyaning Axborot jamiyati bo‘yicha milliy agentlik (NIA) o‘rtasida Elektron hukumat platformalarini rivojlantirish sohasida o‘zaro tushunish memorandumi imzolandi. Bu haqda markaz rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Memorandumni imzolash marosimi o‘zbek-koreys hamkorligi doirasida Koreya Respublikasining Tegu shahridagi milliy agentlikning bosh idorasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar sherikchilik aloqalarning kelgusidagi rivojlanishi borasida o‘z ishonchini bildirib o‘tishdi.

Top