15:41 / 03.12.2015
3486

Putin YeII, ShHT va ASeAN davlatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishni yoqlab chiqdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeII), Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN) ishtirokida keng miqyosli iqtisodiy ittifoq yaratish taklifi bilan chiqdi.

“Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bo‘yicha hamkorlarga ShHT va ASeAN a'zolari, shuningdek, ShHTga endi qo‘shiladigan davlatlar bilan iqtisodiy ittifoq va hamkorlikni shakllantirish borasida muzokaralarni boshlashni taklif qilaman”, - dedi Putin o‘zining Federatsiya yig‘iniga murojaatida.
Uning eslatib o‘tishicha, mazkur davlatlar birgalikda jahon iqtisodiyotining uchdan bir qismini tashkil qiladi.

Top