12:32 / 03.12.2015
6614

Qirg‘iziston rossiyaliklar uchun Turkiya va Misrning o‘rnini bosishni rejalashtirmoqda

Qirg‘iziston rossiyaliklar uchun Turkiya va Misrning o‘rnini bosishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Qirg‘iziston telegraf agentligi. Bu haqda turizm departamenti direktori Mixail Kim xabar qildi.

“Barcha mamlakatlarda ham turizm xususiy tadbirkorlar faoliyati sohasidir, davlat esa boshqarib turadi. Shu bois Rossiya Turkiya va Misr borasida parvozlar xavfsizligini ta'minlash imkoni yo‘qligi tufayli tursafarlarni to‘xtatish tavsiyasini berdi. 

Biz Qozog‘iston va Rossiyaning vakolatli davlat organlariga taklifnomalar yozib, dam olish va shifo muolajalari uchun mehnat jamoalarini qabul qila olishimizni xabar berdik”, - tushuntirdi Kim.
Uning so‘zlariga qaraganda, Qirg‘izistonning sanatoriylari yilning hamma faslida ishlaydi.

Top