14:02 / 03.12.2015
6322

Qozog‘iston o‘z mashinalarini 4ta birodar davlatga eksport qilmoqchi

Qozog‘iston mashinasozlari o‘z bozorini kengaytirmoqchi. Bu rejalar haqida “Astana” telekanaliga Sharqiy Qozog‘iston hokimi Doniyol Ahmetov aytib berdi.

Viloyatda qurilishi boshlangan “Aziya Avto Kazaxstan” Qozog‘iston-Rossiya zavodi yiliga 120 ming avtomobil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. U 2017 yili ishga tushiriladi. Ishlab chiqarilgan mashinalarning 60 ming donasi Qozog‘iston ichida qoladi, qolgani esa eksportga ketadi.

“Yaqin orada 4ta birodar davlatga safarlar amalga oshiramiz, amaldagi va kelajakdagi bozorlar samaradorroq bo‘lsin uchun. Ya'ni biz hali kirib bormagan bozorlarni qidiramiz. Bu Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon va Gruziya. Bu juda muhim, shuning uchun biz bu sohada faol ishlamoqdamiz, bizga hukumat yordam bermoqda, menda bosh vazir Masimovning topshirig‘i bor, va biz uning shu qismini realizatsiya qilmoqdamiz”, - dedi mulozim.

Top