13:57 / 03.12.2015
7054

Qozog‘istonlik ayol 15 yoshli qo‘shni qizga nasha chektirib, uning tanasini sotib kelgani aniqlandi

Qozog‘istonning Oqtov shahrida yashovchi ayol 15 yoshli qo‘shni qizga qo‘shmachilik qilishda ayblanmoqda. Aytilishicha, u qizga nasha berib, so‘ng uni do‘stlari va tanishlariga “sotgan”.

25 yoshli qo‘shmachi ayol Oqtovga Mang‘ishloq qishlog‘idan kelgan. U ijaraga turadigan xonadonning yonidagi uyni 15 yoshli qiz band qilgan. Shunda ayol o‘smir qizdan foydalanib qolishga qaror qilgan.

Ayol qizga giyohvand moddalar berib, uni sotib kelgan. Oltinchi kuni qiz qochib keta olgan. U 28 noyabr kuni politsiyaga murojaat qilib, qo‘shmachi ayolning qo‘lga olinishiga erishgan.

Top