15:45 / 03.12.2015
2015

Shveytsariya va Ukraina shifokorlari Toshkentda jarrohlik amaliyotlari o‘tkazishdi

Eurasia Heart tibbiy jamg‘armasi (Shveytsariya) hamda Ukraina sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi bolalaar kardiologiyasi va kardiojarrohligi ilmiy-amaliy markazi hamkorligi doirasida Toshkentda 9 nafar og‘ir yurak xastaligiga chalingan keksa insonlar jarrohlik amaliyotidan o‘tkazildi.

Bu xayriya aksiyasi O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi hamkorligida amalga oshirildi.
“Jahon” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Shveytsariya va Ukrainaning yetakchi mutaxassislari o‘zbekistonlik hamkasblarining yuqori professionalligini e'tirof etishgan.

O‘rtada zamonaviy metodlar yordamida yangi jarrohlik tajribalarini o‘zlashtirish borasida fikr va bilim almashish amalga oshirilgan.
Shifokorlarning ishontirishicha, barcha operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan, bemorlar yaqinda shifoxonadan chiqariladi.

Top