17:48 / 03.12.2015
3711

Turkiya gazni import qilish uchun Iroq orqali quvur o‘tkazishi mumkin

Turkiya davlat kompaniyasi Botas kelgusida Iroq Kurdistoni hududi orqali gaz olib o‘tish imkonini beradigan quvur qurish bo‘yicha tender e'lon qilishni rejalashtirgan. Bu haqda o‘z manbasiga asoslangan holda Bloomberg xabar bergan.

Agentlik xabariga ko‘ra, 2 oy ichida 180 km masofada quvur o‘rnatish bo‘yicha tender o‘tkaziladi. Hududdagi vaziyat nuqtai nazaridan quvur qurilishi uchun 2 yil muddat sarflanishi mumkin.

Rejaga ko‘ra, bu quvur qurilganidan 3 yil o‘tib yiliga 20 mlrd kubometr gaz o‘tkaza olish imkoniga esha bo‘ladi.

Top