20:39 / 03.12.2015
6912

Turkiya sanksiyalar Rossiya-Turkiya ixtilofini tartibga solishda yordam bermasligini aytdi

Turkiya bosh vaziri Axmet Dovudo‘g‘lu o‘zining Ozarbayjonga rasmiy tashrifi davomida Rossiyaning Turkiyaga qarshi kiritayotgan iqtisodiy sanksiyalari Rossiya-Turkiya munosabatlarida yuzaga kelgan ixtilofni tartibga solishda yordam bermasligini aytdi.

“Biz iqtisodiy sanksiyalar bilan siyosiy tartibga solishga hissa qo‘shib bo‘lmasligiga ishonchimiz komil. Biz bu munosabatni Eron, Suriyaga nisbatan ko‘rsatganmiz. Rossiya Yevropa sanksiyalari ostida qolgan og‘ir vaqtlarda, Turkiya bu sanksiyalarda ishtirok etmadi”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.      

Dovudo‘g‘luning aytishicha, hozir Turkiya unga qarshi iqtisodiy sanksiyalar qo‘llash haqidagi qarorni qabul qilishda Rossiyaning o‘zida qarama-qarshiliklarni ko‘rmoqda.

“Sanktsiyalar ikki tomonga ham ziyon keltiradi. Shu sababli avvalambor yana bir bor janob Putinni tanglikni oshiruvchi bahslar, bayonotlar qizg‘inligini kamaytirishga chaqiraman. Biz muzokara boshlashni taklif qilmoqdamiz”, deb aytdi Dovudo‘g‘lu.

Bundan avval Vladimir Putin Turkiyaga maxsus iqtisodiy choralar qo‘llash haqidagi farmonni imzolagandi.

Top