22:13 / 03.12.2015
2903

Yamandagi kasalxonaga berilgan aviazarba oqibatida 9 nafar odam jarohatlandi

Yaman janubida joylashgan Taiz shahrida 2 dekabrda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan “Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotiga tegishli kasalxonaga berilgan aviazarba oqibatida 9 nafar odam jarohatlandi. Bu haqda Jyenevada “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti xabar berdi.

“Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan Janubiy Yamandagi “Chegarasiz shifokorlar” halqaro tibbiyot tashkiloti tomonidan boshqariluvchi kasalxonaga aviazarba berildi. Barcha jarohatlanganlar, jumladan kasalxonaning 2 nafar xodimi tashkilotga qarashli boshqa tibbiyot muassasalariga ko‘chirildi”, deb aytilmoqda xabarda.

Xabarda aytilishicha, avvalroq koalitsiya “kasalxonaning aniq joylashgan o‘rni va faoliyati” haqida xabardor etilgan. Tashkilot rahbari Jyerom Alenning ta'kidlashicha, shifoxonalar joylashgan koordinatalar “Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaga muntazam berib turiladi”. Oxirgi marta bunday ma'lumot 29 noyabrda berilgan.

“Fuqarolik shaxslari va kasalxonalarning bombardimon qilinishi o‘zidan xalqaro insonparvarlik huquqining buzilishini namoyon qiladi. Kasalxonalarda davo olmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ziyon yetkazmaslik kerak”, deb aytdi Alen. Alen o‘tgan oyda ham tashkilotning Haydon tumanidagi kasalxonasi zarbalar berilishi oqibatida vayron bo‘lganini eslatib o‘tdi.

Top