11:36 / 04.12.2015
3872

1-avtobus yo‘nalishi "Paxtakor" metrosigacha uzaytirildi

Toshkent shahrida dekabr oyi boshidan 1-avtobus yo‘nalishidagi avtobuslar "Paxtakor" metrosigacha qatnashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "Toshshaharxizmat"ga asoslanib, "Gazeta.uz" xabar tarqatgan.

“Toshshahartransxizmat” AK joriy yilning 1 avgustidan e'tiboran “Toshkent tramvayi” Unitar korxonasiga tegishli, Qo‘yliq markazidan TTZgacha bo‘lgan yo‘nalishda qatnovchi 13 tramvayning “Toshkent” vokzalidan TTZgacha bo‘lgan qismi qisqartirilishini ma'lum qilgan edi.

O‘shanda 13-sonli tramvay yo‘nalishini takrorlovchi avtobus yo‘nalishlaridan biri, «Yugnakiy dahasi — Markaziy univermag» oralig‘i bo‘ylab qatnaydigan 1-avtobus yo‘nalishi qisqartirilgan va bu yo‘nalishdagi 10ta avtobus «Yugnakiy» dahasidan «Mashinasozlar» metro bekatiga qadar harakatlanishi belgilangandi.

Endi bu yo‘nalishdagi avtobuslar yana Markaziy univermag bo‘ylab yuradi va "Paxtakor" metro bekatigacha boradi.

Kompaniya bu yo‘nalishga Mercedes-Benz rusumli avtobuslarni qo‘yishni rejalashtirmoqda. Ayni vaqtda bu yo‘nalishda Isuzu rusumli avtobuslardan foydalaniladi.

Top