20:29 / 04.12.2015
8584

Hindiston bosh vaziri Twitter dagi fotomontaj tufayli shov-shuvga sabab bo‘ldi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi uning matbuot xizmati siyosatchining suratlarini e'lon qilgach, ijtimoiy tarmoqda shov-shuvga sabab bo‘ldi. Bu haqda The South China Morning Post xabar bermoqda.

“Biz faktlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘yib qo‘ymaymiz. Bosh vazir bunga toqat qila olmaydi”, — deb Modi atrofidagi amaldorlardan birining so‘zlarini keltiradi Reuters .

Matbuot xizmati e'lon qilgan suratlarda bosh vazir mamlakatning suv bosgan hududlarini vertolyot kabinasidan turib kuzatgani tasvirlangan. Mazkur fotosuratlar bosh vazirning Twitter dagi sahifasida e'lon qilingan. Biroq unda suv bosgan hududlarni uchratish amri mahol. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari matbuot xizmatida ishlaydiganlarni suratlarni montaj va kollaj qilganlikda ayblashdi.

Top