20:02 / 04.12.2015
4806

Jangchi ayollar - Rondo Rouzi va Xolli Xolm o‘rtasida revansh o‘tkazilishi ma'lum qilindi

Mutlaq kurash chempionati rahbari Deyna Uayt tashkilotning yengil vazn toifasidagi kurashchisi Ronda Rouzi vatandoshi Xolli Xolm bilan revansh jangi o‘tkazishga haqli. Bu haqda Sport.es ma'lum qilmoqda.

“Ronda yengib bo‘lmas jangchi edi. U bizning sport turimizni yangi bosqichga ko‘tardi. U raqiblarini 30 soniyaga bormay yengardi. Bu jang bo‘lib o‘tadi, ammo aniq vaqtini bilmayman. Bundan tashqari, Xolm ham Rouzining revansh jangini o‘tkazishga haqli ekanini e'tirof etgan”, — dedi Uayt.

19 noyabr kuni Rouzi shifokorlarning tavsiyasi bilan yarim yilgacha jang o‘tkazmasligi to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma'lumot uchun, 15 noyabr kuni amerikalik jangchi ayol UFC sport turidagi karerasi davomida Xolmdan birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgan edi. Jangning ikkinchi roundida Rouzi chuqur nokaut holatiga tushib qolgan, shundan so‘ng uni shifoxonaga yotqizishgan edi. Ungacha 28 yashar jangchi ayol chempionat doirasida olti uchrashuvda olti g‘alabaga erishgan edi.

Top