22:06 / 04.12.2015
4490

McLaren’dan yangi rodster taqdim etildi

McLaren kompaniyasi 675LT superkarining ochiq modifikatsiyasini taqdim etdi. 675LT Spider nomini olgan mashina Britaniya markaning eng kuchli rodsteriga aylanadi.

Kupe singari “Spayder” ham 3.8 l li 8 silindrli tvin-turbo motor bilan ta'minlandi. Agregatning 50 foizi yangi komponentlardan qurilgandir. 7 diapazonli robot transmissiya va ikki mufta bilan uyg‘unlikda ishlaydigan dvigatel 675 ot kuchiga egadir.

Rodster 2.9 sekundda 100 km/soat, 8.1 sekundda esa 200 km/soat tezlikka chiqa oladi. Maksimal tezlik – 326 km/soat.

McLaren 675LT Spider cheklangan adadda 500 ekzemplyar chiqariladi, har bir mashinaning narxi 285 tysyach 450 funt sterlingdan (431.2 ming dollar) boshlanadi. Birinchi superkarlar mijozlarga 2016 yil yozida yetkaziladi.

Top