17:19 / 04.12.2015
16091

Oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalar inflyatsiya sur'atlaridan ortiq miqdorlarda oshiriladi

2016 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetida aholi real daromadlari va jamg‘armalarining, turmush darajasining oshirilishi nazarda tutilmoqda. 2015 yil 3 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida bu haqda ma'lum qilindi.

Unga ko‘ra, oylik ish haqi, stipendiyalar, ijtimoiy nafaqalar va pensiyalar inflyatsiya sur'atlaridan ortiq miqdorlarda oshiriladi. Shuningdek, muhtoj oilalarning manzilli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirilib, byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi oshiriladi.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, 2016 yilda oylik ish haqi va ijtimoiy nafaqalar miqdori 10 foizga indeksatsiya qilinadi.

Top