16:00 / 04.12.2015
16206

O‘zbekistonlik chegarachilar o‘q-dori va portlovchi moddalar olib kirish harakatini bartaraf qilishdi

Jinoiy ishlar bo‘yicha Nukus shahar sudida Tojikiston fuqarosi Abdulloyev Karomatulloning ishi ko‘rib chiqildi. Bu shaxs O‘zbekistonning “Dovud ota” bojxona postida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, Abdulloyev ma'lum to‘lov evaziga o‘zining vatandoshi S. Kandovning iltimosiga ko‘ra oshxona buyumlarini Rossiyadan olib ketishga rozi bo‘lgan. Idish-tovoq, qoshiq, ko‘rpa-to‘shak, sanchqi, tova ichiga S. Kandov Abdulloyevning ko‘zini shamg‘alat qilib, armiya binokli, ratsiya va patronlar solib yuborgan. O‘z navbatida, Tojikistonning boshqa fuqarosi Homidov Mirzodavlat o‘zining “MAZ” rusumli avtomobilida ma'lum to‘lov evaziga RFdan Tojikistonga o‘q-dori va portlovchi moddalar olib kirmoqchi bo‘lgan.

Sud ularga tegishlicha jazoni belgilab berdi.

Top