15:58 / 04.12.2015
3912

Qirg‘izistonda chegara xizmatining 3 xodimi jangarini nazorat punktidan o‘tkazib yuborganlikda ayblanmoqda

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlat komiteti 3 nafar chegarachining xalqaro terrorchilik tashkilotining a'zolaridan birini noqonuniy ravishda o‘tkazuv nazorat punktida qo‘yib yuborgani bo‘yicha ma'lumotlarni oshkor qildi.

"Bishkekdagi "Manas-aeroport" o‘tkazuv punktidagi davlat chegara xizmati xodimlari jangarilar safiga yangi a'zolarni yollash bilan shug‘ullangan, xalqaro qidiruvda bo‘lgan terrorchini o‘z xizmat burchini suiiste'mol qilgan holda chegaradan o‘tishiga sharoit yaratib bergani aniqlandi", deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, shu yilning iyulida 3 nafar chegarachi terroristik tashkilotning a'zosi va uning rafiqasining chegarada o‘tishida yordam bergan. Bu terrorchi ko‘p vaqt o‘tmasdan Bishkekdagi maxsus amaliyot vaqtida o‘ldirilgan.

Qirg‘iziston hukumati ma'lumotiga ko‘ra, Suriya va Iroq hududidagi jangari guruhlar safida 500 nafar atrofida qirg‘izistonlik bor. Ularning to‘rtdan bir qismi ayollardir.

Top