20:12 / 04.12.2015
4442

Ronaldo: Jahon futbolida iqtidorlar kamayib ketdi

O‘z vaqtida "Barselona", "Real", "Inter" va "Milan" kabi katta jamoalarda yorqin faoliyat ko‘rsatgan braziliyalik sobiq futbolchi Ronaldoning fikricha, bugungi kundagi jahon futboliga iqtidorlar yetishmayapti.

"Italiya - iqtidorlar yetishmayotgan yagona davlat emas. Butun dunyo futbolida iqtidorli futbolchilar tanqisligi yuzaga kelgan. Men o‘ynagan paytlarda vaziyat boshqacha edi. Har bir jamoada bitta kuchli futbolchi bo‘lar edi va bunday futbolchilarning har biri o‘z mamlakatidagi eng yaxshi futbolchi nomiga davogarlik qila olardi. Hozir futbolchilarning darajasi tenglashib qolgan va o‘rtamiyonalashib ketgan" - deydi Ronaldo Il Messaggero nashriga.

Top