22:28 / 04.12.2015
5381

Saakashvili Gruziya hukumati undan qo‘rqishini aytdi

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Gruziya hukumatining uni fuqarolikdan mahrum qilish qaroriga izoh berib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

“Albatta, bu siyosiy qaror... Ular mendan juda qo‘rqadilar. Ular so‘z erkinligidan qo‘rqadilar... Ular hokimiyat tepasiga kelishganda, eng boshidan ularning maqsadi meni qamoqqa o‘tqazish ekanligini aytishgan”, deb aytdi hozirda Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori lavozimida faoliyat yuritayotgan Saakashvili radioefirda.

Avvalroq Gruziyaning amaldagi prezidenti Georgiy Margvelashvili Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilishga buyruq bergan edi.

Top