17:26 / 04.12.2015
5450

Turkiya Rossiya bilan vizasiz tartibni bekor qilmaydi

Oxirgi paytlarda o‘zaro munosabatlar keskinlashib ketganiga qaramay, Turkiya Rossiya bilan vizasiz tartibni bekor qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Turkiyaning Rossiyadagi elchixonasi ma'lumot berdi.

“Turkiya Rossiya fuqarolariga qarshi viza rejimini joriy qilmaydi, negaki Rossiya xalqiga do‘st sifatida qaraydi”, - ta'kidladi dipmissiya xodimi.

“Rossiya hukumatining Turkiya fuqarolariga qarshi harakatlariga qaramay, Turkiya RF fuqarolariga salbiy ta'sir o‘tkazadigan choralar ko‘rmaydi”, - qo‘shimcha qildi vakil.

Top