17:28 / 05.12.2015
36158

2016 yil O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili deb e'lon qilindi

Bugun, 5 dekabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma'ruza qildi.
Tabdirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2016 yilni mamlakatimizda Sog‘lom ona va bola yili deb e'lon qilishni taklif etdi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an'anaga aylangan. 1997—2015 yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

1997 yil — Inson manfaatlari yili
1998 yil — Oila yili
1999 yil — Ayollar yili
2000 yil — Sog‘lom avlod yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2008 yil — Yoshlar yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2013 yil — Obod turmush yili
2014 yil — Sog‘lom bola yili
2015 yil — Keksalarni e'zozlash yili

Top