10:59 / 05.12.2015
3710

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari “Tolibon” qo‘lidan 60 asirni qutqardi

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari AQSh missiyasi bilan hamkorlikda mamlakatning Gilmend viloyatida joylashgan “Tolibon”larning qamoqxonasidan 60 nafar asirni qutqarishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Operatsiya 3 dekabr tunda o‘tkazilgan. Navzad tumanida joylashgan va ekstremistlar tomonidan qo‘riqlanib kelinayotgan qamoqxonaga vertolyotda kelgan maxsus qo‘shin hujum qilgan. Ular politsiya xodimlari, harbiylar va chegarachilardan iborat asirlarni ozod etishdi.

Afg‘oniston harbiylari Lashkar-Goh viloyati poytaxtiga xavf solayotgan toliblar bilan Gilmandda borgan jangda ishtirok etgan.

Top