21:48 / 05.12.2015
3811

Apple noutbuklari eng ishonchli deb topildi

Apple kompaniyasining MacBook noutbuklari bozordagi eng ishonchli noutbuklar deb topildi. Bu xulosaga Consumer Remorts nashri mutaxassislari kelishgan.

Olib borilgan tadqiqotlar davomida 2010 yildan 2015 yilga qadar noutbuk sotib olgan 58 ming odam o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan. Dastlabki uch yil ichida 20 foiz: Acer, Lenovo, Samsung va boshqa firmalarning noutbuklari yaroqsiz holga kelgan. Bu natija MacBook Air da 7 foiz, MacBook Pro da esa 9 foizni tashkil etadi.

Top