15:08 / 05.12.2015
3290

"Arsenal" va "MYu" bir o‘yinchi uchun raqobatlashmoqda

"Manchester Yunayted" "Vest Hem"ning yosh himoyachisi Ris Oksfordning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Times nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, "MYu" Anliya terma jamoasi uchun nomzod hisoblangan 19 yoshli futbolchi uchun 8 million funt sterling bermoqchi.

Biroz oldinroq, xuddi shu futbolchi uchun "Arsenal" ham 8 mln funt berishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Oksford "Vest Hem" safida APLning 4ta uchrvashuvida ishtirok etdi. Xususan, u "Arsenal"ga qarshi kechgan ilk turda (2:0) maydonga tushgandi.

Top