16:10 / 05.12.2015
5515

Buxorolik bosqinchi 8.5 yilga qamaldi

Buxoro viloyatining Kogon shahrida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan Sattor Aminov bosqinchilik jinoyatida ayblanib, 8.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, bir necha oy muqaddam qamoqdan chiqib kelgan Aminov bir kuni tanishining iltimosi bilan Buxoro shahridagi mashina bozoriga borgan. Bozorda ancha aylangach, do‘stlar tamaddixonada o‘tirib, ovqatlanishgan va aroq ichishgan. Kayfi oshgan Aminovning fikri buzilib, u yog‘och bo‘lagi bilan qurollangan va fuqaro Rajab Makarovning uyiga bostirib kirgan.

Ancha keksayib qolgan uy egasni qo‘rqitib, pul talab qilgan Aminov xonadondan 3 mln so‘m olib chiqib ketgan.
Oradan bir muddat o‘tib, Makarov tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan. Jinoyatchi tez orada qo‘lga olinib, pullar egasiga qaytarilgan.

Top