21:58 / 05.12.2015
3472

Bundesliga, 15-tur: "Bavariya" mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi va boshqa natijalar

Germaniya chempionatining 15-turida sensatsion natija qayd etildi. Turnir peshqadami va joriy mavsumda yengilmas jamoa bo‘lib turgan "Bavariya"ni qabul qilgan Menxengladbaxning "Borussiya" klubi 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvdagi barcha gollar ikkinchi bo‘limda urildi. Dastlab hisob "Borussiya" himoyachisi Vendt tomonidan 54 daqiqada ochildi. Mezbonlarning keyingi gollariga esa Shtindl va Jonson mualliflik qildi. "Bavariya" faqat 81 daqiqaga kelib zaxiradan tushirilgan Frank Riberining yagona goli bilan javob qaytardi.

Bu natijadan keyin "Borussiya" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 26taga yetkazgan va hozircha to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilgan. "Bavariya" esa mavsumdagi ilk mag‘lubiyatidan keyin ochkolari soni 40taligicha qoldi. Jamoaning eng yaqin ta'qibchilari "Borussiya D" va "Volfsburg" o‘rtasidagi uchrashuv yaqin soatlarda boshlanadi.

Qayd etish kerakki, Xosep Gvardiola shogirdlari 16 may kunidan beri Bundesliga jamoalaridan yengilmay kelayotgandi.

Germaniya chempionati
15-tur
Borussiya M – Bavariya 3:1 (0:0, 3:1)
Gollar: 1:0 – 54 Vendt, 2:0 – 66 Shtindl, 3:0 – 68 Djonson, 3:1 – 81 Riberi.
Borussiya M – Zommer, Elvedi, Kristensen, Vendt, Korb, Nordtveyt, Djonson, Daud (Shults, 85), Djaka, Shtindl (Azar, 90), Raffael (Drmich, 88).
Bavariya – Noyyer, Boateng, Benatiya, Rafinya, Martines, Lam, Vidal, Xabi Alonso (Rode, 66), Koman, Myuller, Levandovski (Riberi, 75).
Ogohlantirishlar: Benatiya (4), Shtindl (74), Rafinya (86).

Gamburg – Maynts 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 16 Samperio, 0:2 – 51 Samperio, 0:3 – 76 Klemens, 1:3 – 90 Djuru.
Gamburg – Drobny, Kleber Reys, Djuru, Ostjolek, Yung (Dias, 58), Myuller, Xoltbi, Ilichevich (Xunt, 65), Sakai, Gregorich, Shipplok (Olich, 57).
Maynts – Karius, Bell, Xara, Bengtsson, Xak, Samperio (Bayster, 85), Baumgartlinger, De Blasis (Klemens, 68), Malli, Brosinski, Muto (Niderlexner, 79).
Ogohlantirishlar: Baumgartlinger (43), Yung (44), Djuru (84).

Keln – Augsburg 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 64 Bobadilya.
Keln – Xorn, Xaynts, Marox, Xektor, Risse, Fogt (Yoyich, 71), Lemann, Bitenkur, Xoziner, Modest (Osako, 75), Tsoller (Olkovski, 46).
Augsburg – Xitts, Kallsen-Brakker, Maks, Verxag, Klavan, Kor, Bayyer (Chji Don Von, 77), Gu Chja Chxol, Essvayn (Yanker, 89), Kayubi, Bobadilya (Matavj, 86).
Ogohlantirishlar: Verxag (54), Foylner (56), Xektor (76), Bobadilya (83), Marox (86).

Gerta – Bayyer 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 7 Darida, 1:1 – 29 Ernandes, 2:1 – 60 Bruks.
Gerta – Yarsteyn, Bruks, Plattenxardt, Regezel, Xaraguti (van den Berg, 90), Lustenberger, Darida (Xegeler, 85), Shelbred, Vayzer, Kalu (Baumyoxann, 78), Ibishevich.
Bayyer – Leno, Donati (Xilbert, 68), Toprak, Benish, Ta, Belarabi, Brandt (Vendell, 20), Kampl, Kramer, Ernandes, Mexmedi (Chalxanoglu, 68).
Ogohlantirishlar: Darida (35), Kampl (61), Xilbert (84), Ernandes (90).
Chetlatish: Benish (17).

Ingolshtadt-04 – Xoffenxaym-1899 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 66 Rojyer, 1:1 – 90 Ut.
Ingolshtadt-04 – Ozdjan, Xyubner (Brejyeri, 64), Matip, Levels, Bauer, Morales (Kristiansen, 89), Rojyer, Leks, Gross, Lekki, Xinterzeyer (Pekxart, 90).
Xoffenxaym-1899 – Baumann, Sher, Kim Chjin Su, Shtrobl, Zyule, Amiri, Elyunussi (Kurani, 61), Tsuber, Polyanski (Kaderjabek, 69), Folland (Ut, 78), Shvegler.
Ogohlantirishlar: Morales (50), Sher (74), Leks (80).

Top