22:26 / 05.12.2015
2848

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi IShIDga qarshi zarbalarni faollashtirishni rejalashtirmoqda

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Maykl Fellon IShID pozitsiyalariga qarshi aviazarbalarni kuchaytirish bo‘yicha rejalar haqida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.

“Biz ularga yanada kuchliroq zarba beramiz. Biz sizni terrorchilarning qo‘mondonlik markazlari va ularning daromad manbalariga zarba berishingizni so‘raymiz”, deb aytdi Fellon Kiprdagi Akrotiri britan aviabazasiga tashrifi paytida.

Fellon mudofaa vazirligi Britaniya harbiy aviatsiyasi aviazarbalaridan keyin tinch aholi orasida qurbonlar borligi haqida ma'lumotga ega emasligini aytdi.

Top