01:37 / 05.12.2015
21929

Eron razvedkasi IShIDning neft tashish yo‘nalishlarini suratga olganini ma'lum qildi

Eron razvedkasi IShID jangarilarining Turkiya hududiga neft tashiydigan barcha imkoni bor yo‘nalishlarining suratini olganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Bu isbotlar jurnalistlarga taqdim qilinishi va televideniye orqali ulardan foydalanish mumkin. Yaqin orada bu muhim materiallar jamoatchilik ixtiyoriga havola etiladi”, deb aytdi Eron maxsus xizmatlari vakili Muhsin Rizoiy.

Rizoiyning aytishicha, Tehron bu ma'lumotlarni turk hukumatiga taqdim qilishi mumkin.

“Agar Turkiya hukumati mamlakatda IShID nefti sotilayotgani haqidagi axborotga ega bo‘lmasa, unda biz uning ixtiyoriga shunday ma'lumotni berishga tayyormiz”, deb aytdi Rizoiy.

Top