20:58 / 05.12.2015
4842

Insonlarning yon-atrofidagilarni g‘araz niyatlarda gumon qilishga moyilliklari sababi aniqlandi

Barcha odamlar yomon ishlarni ataylab amalga oshirishadi, yaxshilarini esa har doim ham ataylab amalga oshirishmaydi. Olimlarning aytishicha, dunyoga bunday nazar bilan qarash inson bosh miyasining o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq.

Scientific Reports jurnalida tasvirlangan tajriba ishtirokchilariga ikkita jumla ko‘rsatilgan. Birinchisida qandaydir kompaniyaning ijrochi direktori muayyan harakatlar rejasi atrof-muhitga zarar yetkazishini bilsa ham, biroq bu haqda qayg‘urmay, o‘z kompaniyasi ko‘proq foyda ko‘rishi uchun bu rejani baribir amalga oshirishga qaror qilgan.

Ikkinchi jumlada “zarar yetkazish” so‘zi “yordam beradi” so‘ziga almashtirilgan. Odamlardan ularning fikricha direktor tabiatga bilib turib zarar yetkazgan yoki yordam berganmi yoki atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan samara aslida ikkinchi darajali bo‘lib, asl maqsad esa faqatgina kompaniya daromad ko‘rishidan iborat bo‘lganmi, aytish so‘ralgan.  

82 foiz so‘ralganlar direktor aksini aytgan bilan, tabiatga ataylab ziyon yetkazganini aytishgan. Va faqatgina 23 foiz so‘ralganlar atrof-muhitni yaxshilash bo‘yicha ishlar bilib turib qilinganini aytishgan. Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, yon atrofdagilarni g‘araz niyatlardan bunday gumon qilish bosh miya ishi bilan bog‘liqdir.

Agar u yoki bu harakat insonda salbiy tuyg‘ular uyg‘otsa, miyaning his-tuyg‘ular uchun javob beruvchi bodomchasimon tanasi faollashadi. Bu odamning ongli dalillarga emas, balki tuyg‘ularga asoslanib harakatlarning ataylab qilingani haqida qaror chiqarishga majbur qiladi.  Xatti-harakat borasidagi ijobiy tuyg‘ular esa bodomchasimon tanaga ancha kam ta'sir qilgan.

Top