19:53 / 05.12.2015
21852

Kechki dayjest: Turkiya Iroqqa kirdi, "IShIDning iqrori", GFRning inkori, yangi Shevrolet va O‘zbekiston yangi yil arafasida

Bugun, 5 dekabr kuni Turkiya harbiylarining Iroq hududiga kirib kelgani haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Shuningdek, IShID yana bir jiddiy terakt sodir etgani da'vosi bilan chiqdi. Avvaliga maishiy janjal ortidan kelib chiqqani aytilgan ommaviy qotillik, aslida IShIDning navbatdagi terakti bo‘lib chiqdi.

Kun yarmida esa Germaniya IShIDga qarshi harakatlarini Rossiya bilan hamkorlikda olib bormasligini ma'lum qildi. Shuningdek bugun, Yevropaning ko‘plab mamlakatlari Yaqin Sharq bilan bog‘liq navbatdagi harakatlarini amalga oshirishdi va oshirishmadi.

Braziliyada esa yangilangan Chevrolet Cobalt rasman namoyish etildi. Yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobilining O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kirib kelayotgan yangi – 2016 yilni mamlakatimizda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola yili” deb e'lon qilishni taklif etdi.

Turkiya - Iroq

Turkiya harbiylari Iroq shimolida harbiy mashg‘ulot o‘tkazishga kirishdi

Pentagon: Turkiya Iroqda koalitsiya doirasidan tashqarida harakat qilmoqda

Bag‘dod Turkiya harbiylari o‘z hududidan zudlik bilan chiqib ketishini talab qildi

OAV: Iroq prezidenti mamlakat hududidan turkiyalik harbiylar olib chiqilishini talab qilmoqda

 

IShID Kaliforniyada

IShID Kaliforniyadagi otishmaga bilvosita aloqasi borligini tan oldi

Kaliforniyada otishma uyushtirganlarning uyi tintuv qilinganda ularning IShID bilan aloqadorligi isboti topilmadi

FQB Kaliforniyadagi otishmani terakt sifatida baholadi

LA Times: Kaliforniyadagi otishma ijrochilari Suriyadagi jangarilar bilan aloqada bo‘lgan

IShID Kaliforniyada o‘z vakillari tomonidan terakt sodir etilganini ma'lum qildi

 

Germaniya va boshqalar Yaqin Sharqda

Germaniya IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan ittifoqchi bo‘lmoqchi emas

Buyuk Britaniya IShIDga qarshi navbatdagi havo zarbalarini yo‘lladi

Fransiya TIV rahbari IShIDga qarshi kurash davrida Asadni Suriya rahbari sifatida tan oladi

Su-24 voqeasidan beri Turkiya IShIDga zarba yo‘llamadi

 

Obama va amerikaliklar teraktlardan qo‘rqmaydi 

Obama teraktlar amerikaliklarni qo‘rqita olmasligini aytdi

AQSh Bag‘dod rozi bo‘lsagina Iroqdagi kuchlarini mustahkamlaydi

Obama 9 dekabr kuni Oq uyda Isroil prezidentini qabul qiladi

 

2016 yil O‘zbekistonda

2016 yil O‘zbekistonda “Sog‘lom ona – sog‘lom bola yili” deb e'lon qilindi

O‘zbekistonda homiladorligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish taqiqlandi

Islom Karimov Oqsaroyda bir guruh yurtdoshlarimizga Vatanimizning yuksak mukofotlarini topshirdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

Bosh prokuror: hisobot davrida 87 ming fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi


Shuningdek, quyidagi muhim xabarlardan bebahra qolmang.

Chevrolet Cobalt`ning yangi ko‘rinishi rasman namoyish etildi

Porsche kompaniyasi elektr superkar chiqarilishini rasman tasdiqladi

Davlat departamenti Suriyadan Turkiyaga oz miqdorda neft yetkazib berilganini tan oldi

Turkiya va Suriya chegarasida IShID safiga o‘tish uchun ketayotgan qirg‘izistonliklar oilasi qo‘lga olindi

Seul markazida 40 ming kishi prezident iste'fosini talab qilmoqda

Jizzaxda yiliga 2,5 mln juft paypoq mahsulotlari tayyorlaydigan yangi korxona ishga tushirildi

O‘zbekistonda 8 dekabr kuni qalin qor yog‘ishi kutilmoqda

Norvegiyadagi gazeta xatolik tufayli Santa-Klausning ta'ziyanomasini chop etdi

Kolumbiya prezidenti xazina ortilgan ispan kemasi qoldiqlari topilganini ma'lum qildi

Germaniyadagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘indan 16 kishi jarohatlandi

Livanda terrorchi xudkush portlash sodir etdi, qurbonlar bor

Hindiston shimoli-sharqidagi Guvaxati shahrida ikki marotaba portlash sodir bo‘ldi

Top