10:13 / 05.12.2015
5454

Meyvezer ommaviy ochiq mashg‘ulot o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

4 dekabr kuni Rossiya poytaxtidagi «Rossiya» markaziy davlat konsert zalida taniqli amerikalik bokschi Floyd Meyvezer (49-0, 26 KO) ommaviy ochiq mashg‘ulot o‘tkazdi. Uning mashg‘uloti tashrif buyuruvchilar soniga ko‘ra rekord qayd etdi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda MMA Boxing xabar berdi.

Ma'lum bo‘lishicha, bokschi o‘z mashg‘ulotiga 791 kishini yig‘a olgan. Shu vaqtgacha bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatkich Meyvezerning natijasidan 283 nafarga kam edi. Bokschiga maxsus diplom Ginnes rekordlari vakili Sofya Grinel tomonidan topshirilgan.

Ushbu mashg‘ulot vaqtida Meyvezer zarba berish, sakrash, qo‘lda tayanish va boshqa mashqlarning qanday to‘g‘ri bajarilishini ko‘rsatib bergan.

Top