00:14 / 05.12.2015
5221

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyaning Nevsk tumanida 5-qavat derazasidan tushib ketdi

Rossiyaning Nevsk tumani huquq-tartibot idorasi xodimlari O‘zbekiston fuqarosining halokati borasida tekshiruv ishlari olib bormoqda.

“Fontanka” nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, voqea 4 dekabr tungi soat birda “Rusanov” ko‘chasida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 41 yoshli erkak o‘zi ro‘yxatdan o‘tgan uyning beshinchi qavatdagi derazasidan pastga sakragan.

Olgan jarohatlari bois u voqea joyida halok bo‘lgan. Tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top