11:10 / 05.12.2015
4901

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara xizmatlari Andijonda 2015 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini qo‘riqlash bo‘yicha faoliyatlari natijalariga yakun yasashdi, chegara xizmatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olishdi.

“Tomonlar davlat chegarasini qo‘riqlash, chegara yaqinida joylashgan obektlarning faloiyat yuritishi xavfsizligini ta'minlash hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish bo‘yicha dolzarb muammolarni ko‘rib chiqishdi”, deya xabar bermoqda 12news.uz O‘zbekiston MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lumotiga asoslangan holda.

Top