12:09 / 05.12.2015
2910

"Real" Sanchesni olish uchun "Arsenal"ga Xeseni taklif qildi

"Real" jamoasi "Arsenal"ning chililik yarim himoyachisi Aleksis Sanchesni o‘z safiga qo‘shib olish uchun harakatlarini davom ettirmoqda.

Don Balon nashrida yozilishicha, madridliklar rahbariyati jamoaning yosh hujumchisi Xese Rodrigesni "Arsenal"ga taklif qilish orqali bu boradagi maqsadlariga yetishish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilishga umid bildirishmoqda.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 26 yoshli Aleksisning transfer summasi 40-50 mln funt sterling, Rodrigesniki esa 10 mln funt sterlingni tashkil etadi.

Bundan oldinroq, "MYu" Aleksis Sanches uchun yaxshigina taklif bildirgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Futbolchi "Arsenal" bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzib, jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanish arafasida turgani haqida xabarlar mavjud.

Aleksis o‘zini "Arsenal"dagi sharoitlar qoniqtirishini, boshqa jamoaga o‘tish niyatida emasligini aytib o‘tgan. 

Top