23:02 / 05.12.2015
10568

Rossiya Mudofaa vazirligi AQSh IShIDning neft ortilgan yuk mashinalarining Turkiyaga o‘tayotganini ko‘rmayotganiga taajjublanmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning IShID terrorchilarining kontrabanda nefti Turkiyaga ketayotganini ko‘rmayotgani haqida aytayotgan bayonotlaridan taajjublanmoqda, deb xabar berdi RIA “Novosti” axborot agentligi.

Bu haqda vazirlik rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.

“Nihoyat bizning Davlat departamenti va Pentagondagi hamkasblarimiz biz tomondan matbuot-anjumanida ko‘rsatilgan, xalqaro terrorchilik tomonidan nazorat qilinayotgan tumanlardan o‘g‘irlangan neft qayerdan va qayerga ketayotganining fotoisbotlarini tasdiqlashdi. Biroq AQShning “chegarani kesib o‘tayotgan avtosisternalarning chegarani kesib o‘tayotganlarini ko‘rmayotganlari” haqidagi bayonotlari bu fotolar statik tasvirlar, ya'ni ulardagi tasvirlar harakatlanmas bo‘lgani uchun ham kulgu uyg‘otadi”, deb aytdi Konashenkov.

Konashenkov Rossiya Mudofaa vazirligi yo‘ldoshdan olingan suratlardan tashqari obektiv nazorat vositalari neft ortilgan yuk mashinalari nafaqat turk chegarasidagi o‘tkazish punktidan o‘tayotgani, balki ulardan to‘xtamasdan “uchib” o‘tayotgani qayd qilingan videoisbotlarni ham taqdim qildi.

Konashenkovning ta'kidlashicha, AQShlik amaldorlarning jinoyatchilar kontrabanda nefti Turkiyaga qanday yetkazilayotganini ko‘rmayotganlari haqidagi bayonotlari bu ayyorlik emas, balki “bevosita himoya qilish”ga o‘xshab ketmoqda.

Top