21:57 / 05.12.2015
9589

Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Suriya haqidagi bayonotini “bema'nilik teatri” deb atadi

Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Suriyadagi vaziyat haqidagi oxirgi bayonotlari ikkilik standartlariga asoslangan deb hisoblamoqda, deb aytdi vazirlik rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

Konashenkovning aytishicha, Pentagonning bayonotlari ikkilik standartlari va so‘zlar o‘yiniga asoslangan “bema'nilik teatri”ni eslatib yuboradi.

“Goh ular ko‘radilar, goh ko‘rmaydilar, goh muxolifatni o‘rtamiyonaga va o‘rtamiyonamasga ajratadilar. Hattoki terrorchilar ham ularda yomon va juda yomonga bo‘linadi”, deb aytdi Konashenkov matbuot-anjumanida.

Konashenkov Rossiya terrorchilar bilan o‘ynashish xavfli ekanligini bir necha bor ta'kidlab o‘tganini eslatib o‘tdi.

Top