12:34 / 05.12.2015
8423

Turkiya va Suriya chegarasida IShID safiga o‘tish uchun ketayotgan qirg‘izistonliklar oilasi qo‘lga olindi

Turkiyalik chegarachilar Suriya hududiga noqonuniy ravishda o‘tmoqchi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarolaridan iborat oilani qo‘lga oldi. "Interfaks" xabariga ko‘ra, besh kishidan iborat bo‘lgan bu oila Suriyadagi jangarilar safiga borish maqsadida yo‘lga olgandi.

"Qirg‘iziston huquq-tartibot organlariga 55 yoshli qirg‘izistonlik ayol o‘zining 23, 22 va 20 yoshli 3 qizi hamda 4 yoshli nabirasi bilan birga Suriya hududiga o‘tishga harakat qilganida qo‘lga tushgani haqida ma'lumot kelib tushdi. Ularni o‘z chegaramizda tutib qola olmagandik, turkiyalik hamkorlarimizga bu yordam uchun tashakkur bildiramiz", deyiladi Qirg‘iziston tomoni xabarida.

Avvaliga ular Moskvaga borib, u yerdan Turkiyaga uchishni maqsad qilishgan. Lekin Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aviaaloqalar to‘xtatilgani tufayli ular ortga qatishgan va Bishkekdan Qozog‘istonga, u yerdan Turkiyaga yo‘l olishgan.

Qayd etilishicha, ayolning eri Suriyadagi jangarilar safida, o‘g‘li esa biroz oldin jangda halok bo‘lgan.

Top