13:50 / 06.12.2015
25632

Dam olishning 10 ta qimmatbaho varianti

Mazkur maqolada qulaylik, shohona hayot va yoddan ko‘tarilmaydigan taassurotlar uchun pul ayamaydiganlar uchun eng qimmat dam olish joylarining reytingi haqda gap ketadi. Chiroyli dam olish ta'qiqlanmagan!

Hindistonning buyuk saroylariga sayohat

 

Mashhur tur agentlik Ampersand Travel Hindistonning uch afsonaviy saroyi bo‘ylab esdan chiqmaydigan sayohat taklif qiladi: Udaypur shahridagi Ko‘ldagi saroy, Jodxpurdagi Umayd-Bxavan va Jaypurdagi Rambax saroylari. Sayohat har bir saroyda uchta tunni o‘tkazish va ularda ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanishni o‘z ichiga oladi. “Qal'a qiroli” (The King of the Castle) nomli sayohat paketi istovchilarga 1 670 200 dollarga qirol yotoqxonasida tunash imkonini taqdim etadi.

Aman Resorts ning barcha mehmonxonalarida dam olish

 

Aman guruhi dunyodagi eng noyob mehmonxonalarga egalik qiladi (ulardan biri suratda Aman Tokyo). Har birida navbatma-navbat hordiq chiqarishingiz mumkin. Buning uchun esa “Aman da bir yil” paketini sotib olsangiz bas. Jami bo‘lib 31 ta mehmonxona mavjud, paket ularning har birida 12 ta tunni o‘tkazish imkonini beradi. Biroq mijozlar grafikni o‘zlariga moslashtirib olishlari mumkin. Shuning uchun Butandagi ibodatxonalarni tomosha qilib o‘tkazish istagida bo‘lsangiz, bir kishi uchun 286 000 dollarni tashkil qiladigan “Aman da bir yil” paketini sotib olishning o‘zi kifoya.

Super yulduz kabi chang‘ida uching

 

Ko‘plab tog‘ chang‘isi dam olish maskanlari narxi million bo‘lgan hashamatli joyda dam olishni taklif etadi. Shuning uchun bunday Alp uyini bir haftaga ijaraga olish qimmat turishi ajablanarli hol emas. Gshtaadda joylashgan Lotti maskani o‘zining kinoteatri va saunasiga ega. Bu yerda shaxsiy haydovchi va oshpaz xizmatingizda bo‘ladi. Oberlaxdagi (suratdagi) Avstriya N maskanida bularning bari mavjud, biroq qimmat. Lottidagi hordiq uchun haftasiga 55 000 dollar to‘laysiz, N maskanida esa bu haftasiga 232 900 dollarga tushadi.

Kovboylar shahrini ijaraga oling

 

Bir kuni Butch Kessidi Kolorado shtatidagi Danton Xot-Springs konchilar shahriga tashrif buyurdi va u yerda o‘z nomi bilan barda yozuv qoldirdi. Bugun mashhur imzoning haqiqiyligini tekshirib ko‘rishingiz mumkin, shuningdek, tabiiy buloq suvlar, yog‘ochdan ishlangan kottejlarni tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Yerning bir burchagida bo‘lib qayting

 

Janubiy qutbni ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaslik uchun Antarktidaga Whichaway Camp bo‘ylab sayohatga otlaning. Ekspeditsiya Keyptaunda boshlanadi, u yerdan qutbchi-ekspertlar sizni butun janubiy qit'a bo‘ylab sayohatga boshlaydilar. Mazkur oromgoh bor-yo‘g‘i oltita maskanga ega, sayohatlar yilda 3 marta bo‘ladi, noyabr va dekabr oylarida. Bunday 9 kunlik sayohat sizga 71 000 dollarga tushadi.

Tinch okean janubiy qismidagi orolni ijaraga oling...

 

Red Bull brendiga egalik qiluvchi magnat Fidjidagi hashamatli Laukalning ham egasi sanaladi, u yerga faqat shaxsiy samolyotda tashrif buyurish mumkin. Bu eksklyuziv hordiq ekologik hayot tarzini xush ko‘ruvchilarga juda yoqadi. Bu yerda go‘sht import qilinmaydi, ko‘plab mahsulotlar shaxsiy ishlab chiqarish orqali yetishtiriladi, hatto mineral suv ham tayyorlanadi. 72 mehmon uchun eksklyuziv ijara haftasiga 1 068 790 dollarni tashkil qiladi.

... yoki Karib basseynidagi orolga tashrif buyuring

 

Ko‘zboylag‘ich Devid Kopperfild Bagamdagi ijaraga olsa bo‘ladigan Musha Key orollari seriyaisga egalik qiladi. Qumli qirg‘oqlar, plyajdagi uylar qadimiy Gudini stolida bilyard o‘ynash imkoniyati. 12 kishidan iborat guruh uchun yetti kechani bu yerda o‘tkazish narxi 402 000 dollar turadi. Qo‘shimcha haq evaziga 24 ta mehmonni joylashtirsa ham bo‘ladi.

Million dollarlik safari

 

Narx juda hayratlanarli bo‘lishi mumkin, biroq keling, hisoblab chiqamiz. Natural World Safaris tomonidan uyushtiriladigan sayohat 111 kun davom etadi v 12 mamlakatni qamrab oladi, u hayvonot olamidagi noyob va yo‘qolib borayotgan 18 ta jonzotni ko‘rish imkoniyatini yaratib beradi. Qiymatning 100 000 dollari esa ularni saqlab qolish uchun fondga yuboriladi. Siz Keniyada vertolyot oynalaridan oq karkidonni kuzatish imkoniga ega bo‘lasiz, Hindistonda yo‘lbarslarni qidirishga otlanasiz, Arktikada qutb ayiqlarini tomosha qilib, Galapagos orollaridagi ulkan toshbaqalar bilan tanishasiz.

Jyeyms Bondga aylaning

 

Como kompaniyasi unutilmas dam olish kunlarini taqdim etadi. Mehmonlar shaxsiy samolyotda Karib dengizidagi shaxsiy sport zali, kinoteatriga ega bo‘lgan 50 metrli yaxtaga olib kelinadi, 5 kunli kruiz va keyingi bir necha kun mobaynida Perrot-Key orolidagi Donn Karanning uyida eksklyuziv dam olish imkoniyati mavjud. Bunday betakror sayohat 10 kun uchun bir juftlikka 494 000 dollarga aylanadi.

Shaxsiy samolyotda turib, dunyoning barcha mo‘'jizalaridan bahramand bo‘ling

 

Shaxsiy samolyotingizda 28 kun davomida butun dunyo bo‘ylab sayohatga otlanasiz. Yo‘nalish mashhur joylar Perudagi Machu-Pikchudan boshlab, tilsimga ega bo‘lgan tosh haykallar oroli Pasxa, Sidney opera teatridan Istambuldagi Muqaddas Sofiya Sobori bo‘ylab davom etadi. 28 kunlik havodagi mazkur sayohat har bir kishi uchun 108 500 dollarga aylanadi.

Do‘stlaringizni lol qoldiring. Mazkur ma'lumotni ularga ham ulashing

Top