10:17 / 06.12.2015
4570

Dovudo‘g‘li: Turkiya Iroqda harbiy operatsiya olib bormaydi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li Anqara Iroqda harbiy operatsiyalar o‘tkazadi, degan ma'lumotlarni rad etdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Mosuldan 30 km shimoldagi Bashik qarorgohida terrorchilarga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan ko‘ngillilar tayyorlanmoqda”, — dedi u. Uning ta'kidlashicha, u yerda turk harbiylarining bo‘lishi, Iroqda harbiy operatsiyalar o‘tkaziladi, degani emas.

Top