12:33 / 06.12.2015
2425

Hindistondagi yo‘l-transport hodisasida eng kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Hindiston shimoli-g‘arbidagi Rajastan provinsiyasida pikapning to‘xtab turgan yuk mashinasiga kelib urilishi oqibatida eng kamida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 16 kishi jarohatlandi, deya xabar bermoqda NDTV telekanali.
“Pikap to‘xtab turgan yuk mashinasiga kelib urilishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, ularning 11 nafari ayollardir. Yana to‘rt nafari shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda olgan tan jarohatlari sababli hayotdan ko‘z yumdi”, - deyiladi politsiya xabarida.
Pikapda ishdan o‘z uylariga qaytayotgan mehnatkashlar bo‘lgan.
Mahalliy hukumat jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini ma'lum qildi.

Top