09:30 / 06.12.2015
6267

Islom Karimov: Joriy yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi

Joriy yilda iqtisodiyotimizga qariyb 16 milliard dollar qiymatidagi investitsiya kiritildi va bu asosiy fondlar umumiy hajmining salkam 23,3 foizini tashkil etadi, dedi mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasida.
Prezidentimiz o‘z so‘zida davom etar ekan, o‘tgan 5 yil davomida iqtisodiyotimizga jami bo‘lib qariyb 67 milliard dollar investitsiya yo‘naltirilgani, buning 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar ekanini ta'kidlab o‘tdi.
“Buning natijasida mamlakatimiz, shahar va qishloqlarimiz qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib bormoqda, ishlab chiqarish va sanoat jadal sur'atlar bilan rivojlanmoqda, uning tarkibi tubdan yangilanmoqda, yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar ishga tushirilib, ishlab chiqarish modernizatsiya va diversifikatsiya qilinmoqda, iqtisodiyotimizning raqobatdoshligi oshmoqda”, - dedi Islom Karimov.

Top