09:36 / 06.12.2015
2200

Kaspiy dengizida neft platformasidagi yong‘indan keyin 30 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda

Kaspiy dengizida neft platformasidagi yong‘indan keyin 30 neftchi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda, deb xabar bermoqda Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, kompaniya xodimlarning ikkita ro‘yxatini chop etgan: 32 kishi evakuatsiya qilingan, yana 30 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Avvalroq Ozarbayjon bosh prokuraturasi neft platformasidagi yong‘in holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgani ma'lum qilingandi. Yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Top