07:06 / 06.12.2015
9596

London metrosida erkak “Bu Suriya uchun” deb baqirib, yo‘lovchilarga uzun pichoq bilan hujum qildi

London metrosida “Bu Suriya uchun” deb baqirib, yo‘lovchilarga uzun pichoq – machete bilan hujum qilgan erkak hibsga olindi, deb xabar bermoqda Sky News nashri.

Voqea metro stansiyalaridan birida yuz bergan. Bir yo‘lovchi bo‘yin sohasida jiddiy jarohatlar olgan.

Muxbirning aytishicha, erkak metro stansiyasidan chiqayotgan yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Ta'kidlanishicha, yuz bergan voqeaning tvitterda chop etilgan videosida politsiyachi bosqinchini elektroshoker bilan qo‘lga olayotgani ko‘rish mumkin.

Top