11:25 / 06.12.2015
3030

Morgan Friman mingan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Gollivudning taniqli aktyori Morgan Friman mingan xususiy samolyot Missisipi shtati hududidagi Tunika shahridagi aeroportga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. TMZ telekanali xabarida aytilishicha, samoyolt havoga ko‘tarilgan joyidan 57 km masofa uchgach (36 mil) shoshilinch qo‘nishni amalga oshirgan.

Ma'lum qilinishicha, aktyor 5 dekabr kuni Missisipi shtatining Klarksdeyl shahridan Texasdagi Hyuston shahriga yo‘l olgandi.

Uchuvchi gidravlika tizimdagi muammo haqida xabar berib, qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Qayd etilishicha, samolyot qo‘nish vaqtida shikastlangan.

Aktyor bu voqea yuzasidan munosabat bildirgan.
"Ba'zida shunday ko‘ngilsiz voqealar bo‘lib turadi. Lekin mahoratli uchuvchimiz Jimmi Hobsonning sharofati bilan jarohat olmasdan qo‘ndik. Faqat samolyotimning shinalari zararlandi", deydi u The Wrap nashriga.

Hyustonda Friman National Geographic telekanali uchun "Ilohiyot tarixi" hujjatli filmini suratga olish jarayonida ishtirok etish uchun ketayotgandi.

Top