10:50 / 06.12.2015
2100

PSV Gollandiya chempionatining ketma-ket 42ta o‘yinida gol urib rekord o‘rnatdi

PSV Erediviziyaning ketma-ket 42ta o‘yinida maydonni golsiz tark etmagan holda rekordni o‘rnatdi.

5 dekabr kuni safarda «Vitess»ga qarshi o‘yin (1:0) eyndxovenliklarning gol urgan ketma-ket 42-o‘yiniga aylandi.

PSV Gollandiya chempionatida oxirgi marta 2014 yilning 28 sentabrida kechgan uchrashuvda "Xerenven"ga qarshi o‘yinda raqib darvozasiga gol ura olmagandi (0:1).

Top