09:39 / 06.12.2015
2496

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatdagi diniy vaziyat monitoringini kuchaytirishni talab etdi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakatdagi diniy vaziyatni monitoring qilishni kuchaytirishni talab qildi. U bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi direktori Orozbek Moldaliyev bilan uchrashuv paytida aytib o‘tdi.

Prezident bu salbiy tahdidlar va ogohlantirishlarning oldini olish uchun o‘ta zarurligini ta'kidladi.

O‘z navbatida, Orozbek Moldaliyev diniy sohadagi davlat Kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari va Davlat komissiyasi qoshida diniy vaziyatni tadqiqot etuvchi markaz tashkil etish borasida gapirib o‘tdi.

Top