21:04 / 06.12.2015
2563

Tokiodagi Apple do‘koni portlash xavfi borligi sabab yopildi

Tokiodagi Apple do‘koni portlash xavfi borligi sabab vaqtinchalik yopib qo‘yildi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Do‘konda yaponiyalik rejissyor Isao Yukisada ishtirokida tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. 6 dekabr kuni tongda do‘konga agar tomoshabinlar bilan uchrashuv bekor qilinmasa, portlash yuz berishi haqidagi tahdidli maktub keltirishadi.

Ma'lum qilishlaricha, tabdir bekor qilingan va do‘kon yopib qo‘yilgan.
Bir yarim soatlik qidiruv natijasida do‘kondan hech narsa topilmadi.

Top