10:07 / 06.12.2015
3384

Yamanda “Al-Qoida” a'zolariga hukm chiqarib kelgan sudya o‘ldirib ketildi

Yamanning Aden shahrida qurollangan noma'lum odam “Al-Qoida” a'zolariga hukm chiqarib kelgan sudya Moxsen Aluanni o‘ldirdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
Manbada keltirilishicha, mototsiklda harakatlanayotgan jinoyatchi shahar hududida avtomobilda ketayotgan sudyaga qarata o‘q ochgan. Otishma natijasida sudya bilan birga yana uch nafar kishi halok bo‘lgan.
Ushbu jinoyat bo‘yicha javobgarlikni hech qaysi terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, hujumni Yamanda harakatlanuvchi «Al-Qoida» a'zolari sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Top