23:49 / 07.12.2015
4095

Anqara turk harbiylari Su-24 voqeasidan keyin IShIDga aviazarbalar bermaganini tasdiqladi

Turk harbiylari 24 noyabrda Su-24 bilan yuz bergan voqeadan keyin IShID jangarilariga aviazarbalar bermagan, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Bu haqda turk hukumatining rasmiy vakili ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, turk samolyotlari xalqaro koalitsiya aviatsion guruhi tarkibida parvozlarda ishtirok etishni davom ettirmoqda.

Avvalroq 24 noyabrda Su-24 samolyoti urib tushirilgandan keyin Anqara AQShning IShIDga qarshi koalitsiyasining birorta operatsiyasida ishtirok etmagani ma'lum qilingandi.

Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington avvalroq Turkiyadan terrorchilarga qarshi kurashda faolroq ishtirok etishni talab qilgan edi, biroq Rossiya samolyoti bilan yuz bergan voqeadan keyin vaqtinchalik bu talabidan voz kechdi. Reuters axborot agentligi manbasining aytishicha, AQSh Turkiyaning ixtilofga aralashuvini oshirib, Rossiya bilan munosabatlari keskinlashib ketishini istamayapti.

Top